Nom laboratoriyasi · nomlab.uz

Buyuklik nomdan boshlanadi.

Logo o‘zgarishi mumkin, ammo tarixda faqat Nomlar iz qoldiradi. Zero, bugun tanlagan nomingiz — ertangi global kompaniyangiz poydevoridir.

Biznesingiz kelajagini shunchaki "chiroyli so‘zlar"ga emas, 10 bosqichli ilmiy tahlil va huquqiy ekspertizaga tayanadigan professional Nom muhandislariga ishoning. NomLab bilan shunday nom tanlangki, insonlar xotirasida muhrlanib qolsin.

  • 8 yilBizning tajribamiz
  • 2 taExpertlar
  • 50+Biz topgan nomlar

Portfolio

Biz topgan nomlar

Hammasi →

Bepul vosita

Nomingizni tekshiring

Nomni yozing — harflar soni, fonetik soddalik, aytilish tezligi va yana 10 dan ortiq mezon bo‘yicha taxminiy baho oling.

Savol-javoblar

1. Nom uchun pul to'lash shartmi?

Ha. Nom — biznesning eng uzoq yashaydigan qismi: logo o'zgarishi mumkin, nom esa qoladi. Biz 10 bosqichli tahlil va huquqiy tekshiruv uchun haq olamiz.

2. Nom patentdan o'tmasa, qayta pul to'lanadimi?

Yo'q. Nom patentdan o'tmasa, yangi nomni qo'shimcha to'lovsiz topib beramiz.

3. Logo uchun ham shunday kafolat bormi?

Logo nom bilan birga buyurtma qilinsa, patent jarayonida kerak bo'lgan o'zgartirishlarni qo'shimcha to'lovsiz kiritamiz.

4. Patentni ham rasmiylashtirasizmi?

Ha. Hujjatlarni tayyorlaymiz, topshiramiz va guvohnoma olinguncha kuzatib boramiz. Davlat boji alohida to'lanadi.

5. Logo va brending ham qilasizmi?

Ha. Ko'p loyihalarimiz nom va logo bilan birga qilingan.

6. Patentdan o'tish ehtimoli qanday tekshiriladi?

Nomni rasmiy tovar belgilari bazasida va o'xshash belgilar bo'yicha tekshiramiz, natijani foizda aytamiz.

7. Nechta nom varianti beriladi?

Tarifga qarab 3 tadan 10 tagacha tayyor, tekshirilgan variant beriladi.

Nom laboratoriyasi

Biznesingiz uchun munosib va unutilmas nom tanlaymiz

O‘zingizga qulay bo‘lgan uchrashuv vaqtini yozib yuboring, biz sizga aloqaga chiqamiz.